Saytga kirolmay qolsagiz Telegram @erouz_pro deb qidiring
https://erouz.pro
KirishA'zo bo'lish Home
Erouz.Ru - Yangi seks yuklamalar mp4
PEPSIUZ.NET - Yangi Taronalar Shu Yerda
Telegram kanalimiz JOIN tugmasini bosing
Salom sevgi... Xayr sevgi...
Muallif: Charos Zokirova
Tahrir ustasi: Alexander Davis
***
– Men tun boʻlsam sen kunduzsan...

Uning koʻzlari gʻamgin, nam, nafratlangan, charchagan, xavotirlangan, koʻngli qolgan, sodda, magʻrur va hanuz qora rangda edi. Ovozini chiqarmasdan, bolishni mushtlab urmasin, qancha yigʻlamasin, yuragidagi ogʻriq hech bosilmayapti. Hammasiga kimyoviy jarayon sabab... Sevgi... Oddiy qilib aytganda, u odamni oʻldiradi. Ich-ichidan.
Osmon uzra raqsga tushib kelayotgan qor parchalari, hammaning yuzida tabassum uygʻotadi, shundaymi? Rost gapiryapman. Yana qish... Sovuq koʻchalar, uylar va moʻjizaviy qor. Tong saharlab uygʻonasiz-u, qorongʻi koʻchaga ming umidlar bilan qaraysiz. Eh, qaniydi soat endi uch yoki toʻrt boʻlsa va yana bir oz uxlab olsam... Ammo, ilojsiz sovuq kunlarda qaltiragancha yuvinib, kiyinib, maktabga boramiz. Zerikarli darslar va besh daqiqa nur tezligi kabi oʻtib ketuvchi tanaffuslar, qorboʻron oʻynash, doʻstlar bilan suhbat qurish hammasi goʻzal-ku. Haqiqiy oʻquvchining oʻrinsiz hayoti.

Kutilgan ohang! Oxirgi soatning sehrli, odamga quvvat beruvchi qoʻngʻiroq chalindi va dars tugadi. Oʻquvchilar, bir-biri bilan gaplashib, sinfxonasidan chiqishar, hamma uyiga, toʻgaragiga yoʻl olishardi. Maktabning katta temir darvozi tomon harakatlanayotgan Charosning boshiga kimdir urdi. U tezlik bilan oldidagi dugonasining bilagidan ushlagancha orqasiga qaradi. Oʻz ishlari bilan ketayotgan oʻquvchilardan boshqa, shubhali odam yoʻq. Kimningdir qoʻli yoki boshqa narsasi, qizning boshiga tegib ketgandir... Ammo, bu aldov soʻz uzoqqa choʻzilmadi va yana boshiga zarb yedi. Bu safar jahli chiqqan qiz, orqasiga tezlik bilan oʻgirilib, doʻstlari bilan hiringlab turgan bolani koʻrdi. Shubhali bolani.

– Ana qara. Hiringlab turgan toʻnka urdi seni – dedi, qizning yaqin dugonasi.

– Nega meni urdi? Unga nima qildim? – dedi-da, oʻyga toldi. Chunki, u bolani tanimasdi. Qoʻlidagi yashil muqovali algebra kitobini quchoqlagancha, maktabdan chiqib ketdi.
Oʻsha afsonaviy kundan buyon, Charos, toʻnka bolaga eʼtibor bera boshladi. Internet tarmoqlardi kuzatdi. Bolani kimligini, kimlar bilan doʻstlashishini yaxshiroq bilishga harakat qildi va ikki kunlik damlolishdan soʻng, yana maktab tomon yoʻl oldi.

Charos, ikkinchi qavatga koʻtarilib, oxirgi xona tomon ketayotgan payt, yana oʻsha notanish bola, qizning oyogʻidan chalishi bilan, qiz qoʻrqib ketdi. Yerga endi yiqilaman deganida, bola ushlab qoldi. Charosning ichida juda gʻalati tuygʻular uygʻondi. Ikkilanish, qoʻrquv, ora-sira vahima… va pushti, qalin parda ortiga berkingan sevgi.
Nega oʻzi yiqitmoqchi boʻlib yana qayta oʻzi ushlab qoldi?
Bu savolni oʻz-oʻziga juda koʻp marotaba bersa ham, sira javob topa olmasdi.
Ikki zarba, oyoq bilan chalish va ehtirosli boqishlardan soʻng, Charos, bolani maktabda tez-tez koʻradigan boʻldi. Bolaning istarali, gʻamgin koʻzlarini, qirra burni-yu, qalin sochlarini koʻrishi bilan yuzida tabassum paydo boʻlardi. Uning bir nigohi, qizni dir-dir qaltiratar, ammo qaltiroq ketidan kuchli quvvat berardi. Sevgi quvvatini.

Baxtiyor…

Uning mimikasi, ohangi va har gapirayotganda arvoq qoʻllarini harakatga keltirishi deyarli ismiga toʻgʻri kelmasdi.
Yana kunlar, oylar, yillar oʻta boshladi borgan sari qiz va yigitning oʻrtasidagi mehr tobora ortib borardi. Lekin ular aslo gaplashishmas edi. Faqatgina bir-birlariga termilib qarashni yoqtirardi!
Oradan ancha vaqtlar oʻtdi katta boʻlishdi va bahorning iliq kunlarida, Charos, yigit bir qiz bilan gaplashib turganligini koʻrib qoldi. Oʻsha kun… Ishonch, ularning gʻalati munosabatini tark etmoqchi boʻldi-yu, ammo yurak toʻxtatib qoldi. Balki, u qoʻshnisidir, qarindoshidir, yaqin doʻstidir, singlisi yoki opasidir. Ahmoq aql! Tashvish va gʻamni oʻzing chaqirib olasan!

Qizning hayotida ikkinchi eshik ochildi. Qorongʻullik. U yerda shubhalar, qoʻrquvlar, ikkilanishlar bazm qiladi. Baxtiyor, u qizning qoʻlini ushlab, yuzida ahmoqona tabassum bilan ketayotgani, eshikni butkul ochdi. Xayollarida adashib qolgan
1 2 >>
Xikoyani baholang (+40 | -24)
HomeOnline: 200