Saytga kirolmay qolsagiz Telegram @erouz_pro deb qidiring
https://erouz.pro
KirishA'zo bo'lish Home
PEPSIUZ.NET - Yangi Taronalar Shu Yerda
Telegram kanalimiz JOIN tugmasini bosing
Eng Yangi Latifalar
Agar siz Toshkentda yashasangiz-u, qo‘li va ko‘ngli ochiq inson bo‘lsangiz, desak sizni uyingizdan uzoq muddatli mehmonlar arimaydi!
Qo`shildi: 28.11.2020 / 00:00
Kampir:
— Chol, nimani o‘ylayapsiz?
Chol:
— Sen o‘ylayotgan narsani.
Kampir:
— O‘ling-yey, uyatsiz!
Qo`shildi: 28.11.2020 / 00:00
Qorong‘u ko‘chadan ketayotgan afandini ko‘ziga bir sharpa ko‘rinibdi.
Afandi uni "Odammikan?! It bo‘lsa-chi?!" deb o‘ylabdi-da "Itmisan?" deb baqirgan ekan.
Qo`shildi: 26.11.2020 / 00:00
Ishga kirish uchun kelgan yigit bilan suhbat:
— Yoshingiz nechida?
— 17da.
— Oliy ma’lumotlimisiz?
— Ha. Mana diplom.
— Qanday qilib 17 yoshda oliy ma’lumotli bo‘ldingiz?
— Bu diplomni ko‘chadan topib oldim.
— Sizni ism, familiyangizga diplom yozilgan ekanmi?
— Yo‘q. Pasportimni diplomda yozilgan ism, familiyaga o‘zgartirib olganman.
Qo`shildi: 25.11.2020 / 00:00
Hattoki, uzoq yillar oftalmolog bo‘lib ishlagan vrach ham kalta yubka kiygan qizlarga bir soatda qaragan minglab ko‘zlarni umrida ko‘rmagan.
Qo`shildi: 24.11.2020 / 00:00
Ikkita erkak kishi narigi dunyoda uchrashib qolibdi.
— Sen nimadan o‘lgansan? - debdi biri.
— Men muzlab qolganman, - debdi.
— Sen-chi? - debdi.
— Xursandchilikdan yuragim yorilib ketgan, - debdi.
— Qanaqa qilib? - debdi.
— Bir kuni komandirovkaga ketdim dedim-da, kechqurun to‘satdan uyga qaytib keldim. Xotinimni tekshiraman deb yugurib uyga kirdim. Hammomga qaradim. Shkaf ichini tekshirdim. Hech kim yo‘qligini ko‘rib xursandchilikdan yuragim yorilib o‘lib ketdim, - debdi.
Shunda sherigi:
— O‘shanda muzlatkichni ochib ko‘rganingda, hozir ikkalamizam tirik yurardik, - degan ekan.
Qo`shildi: 22.11.2020 / 00:00
Erkaklar esda saqlang:
Jahli chiqqan ayol rotveylerdan lab bo‘yog‘idangina farq qiladi.
Qo`shildi: 20.11.2020 / 00:00
Dushmanlar uchta razvedkachimizni ushlab olishibdi.
Birinchisi maxfiy parolni 2 soatda aytib qo‘yibdi. Ikkinchisi 5 soatdan keyin qiynoqqa chidolmay aytib beribdi.
Uchinchisi urushga borgan Afandi ekan. Afandini bir kun qiynashsa ham aytmabdi, ikki kun qiynashsa ham aytmabdi.
Yerto‘laga tashab qo‘yishsa, boshini devorga urib "Esla, esla!" dermish.
— Nega boshingni urasan? - deyishibdi.
Afandi:
— O‘zimam esimdan chiqarib qo‘ygandim-da, - degan ekan.
Qo`shildi: 19.11.2020 / 00:00
— Ijtimoyi tarmoqlarda faol ekansan?!
— Ha, judayam.
— Tentak ekaningni hamma bilarkan-da!
Qo`shildi: 17.11.2020 / 00:00
Material sotadigan yigit uylanib, ikki haftadan keyin bozorga olib chiqib sotadigan materiali qolmabdi.
Qo`shildi: 17.11.2020 / 00:00

1 2 3 ... 440 >>

HomeOnline: 143